NAVI vazifalar
NAVI o'quvchilari uchun: amaliy va uyga vazifalarni haqiqiy dasturchilar kabi VS Code'da bajar, bir bosishda topshir va NAVI AI'dan yordam ol.
⚠️ Sinov versiyasi. Kengaytma NAVI akkaunti bilan ishlaydi. Kirish uchun telefon raqaming va ustozing bergan PIN kerak.
Nima qila olasan
📚 Vazifalar paneli
Chap tomondagi NAVI ikonkasini bos: kurslaring va vazifalaring tartib bilan chiqadi. Vazifalar ketma-ket ochiladi: bittasini topshirsang, keyingisi ochiladi.
▶️ Bir bosishda boshlash
Boshlash tugmasi vazifa papkasini o'zi yaratadi: kerakli fayllar va VAZIFA.md (topshiriq matni) shu yerda bo'ladi.
☁️ Bir bosishda topshirish
Pastdagi holat qatorida ● NAVI: kuzatilmoqda yozuvi turadi. Uni bosilsa, ishing ustozga yuboriladi. Keyin «Nima yuborildi?» tugmasi orqali qaysi fayllar ketganini ko'rasan.
🤖 NAVI AI (o'ng panel)
- Xatoni tushuntir. Xato ustidagi 💡 → «NAVI: xatoni tushuntir». Terminaldagi xatoni ham tushuntiradi.
- Bu kod nima qiladi? Kodni belgila → o'ng tugma.
- Ishoralar. NAVI AI tayyor javob bermaydi, yo'l ko'rsatadi. Tushunmasang, «Ko'proq ishora» ni bos.
- Topshirishdan oldin tekshir. Vazifa talablaridan qaysi biri bajarilmaganini aytadi, lekin yechimini bermaydi.
- Ba'zi vazifalarda ustoz ruxsat bersa, AI kod ham taklif qiladi. Har bir o'zgarishni o'zing Qabul yoki Rad qilasan va xohlasang, bekor qila olasan.
Maxfiylik: nima yuboriladi, nima yuborilmaydi
Kengaytma faqat NAVI vazifa papkasida ishlaydi. Bu .navi/assignment.json fayli bor papka. Boshqa loyihalaringni ko'rmaydi, o'qimaydi va hech qayerga yubormaydi.
Vazifa papkasidan yuboriladi:
- «Topshirish» bosilganda: vazifa fayllaring;
- ishlayotganingda: o'zgarishlar bo'lsa, ko'pi bilan har 5 daqiqada fayllar nusxasi (snapshot). Ustoz ishing qanday rivojlanganini ko'rishi uchun;
- NAVI AI'dan foydalansang: savollaring, biriktirgan fayllaring va qabul yoki rad qilgan takliflaring.
Hech qachon yuborilmaydi:
.env, *.pem, *.key, secrets.* kabi maxfiy fayllar;
node_modules, .git, .venv, dist, build papkalari;
- 5 MB dan katta fayllar.
Qo'shimcha himoyalar:
- Kodingda token yoki kalitga o'xshash qator topilsa, topshirishdan oldin ogohlantiriladi.
- AI'ga ketadigan matnda tokenlar
[YASHIRILDI] bilan almashtiriladi.
- Kirish kaliting kompyuteringdagi xavfsiz omborda (macOS Keychain / Windows Credential Manager) saqlanadi. PIN'ni faqat brauzerdagi NAVI sahifasiga yozasan, VS Code uni hech qachon so'ramaydi.
Boshlash
- Kengaytmani o'rnat.
- Chapdagi NAVI ikonkasi → Kirish. Brauzerda telefon raqaming va PIN'ni yoz, keyin VS Code o'zi ochiladi.
- Vazifani tanla → Boshlash.
- Ishla, keyin pastdagi ● NAVI yozuvini bosib topshir.
Savol yoki muammo bo'lsa: naviglobal.team@gmail.com